21:21 / 14.05.2015
2873

Bild: Klopp “Real”ga Anchelottining o‘rniga kelishi mumkin

Dortmundning «Borussiya» klubini mavsum yakunlangandan keyin tark etadigan klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Real”ga boshchilik qilishi mumkin.

Xabar qilinishicha, 47 yoshli mutaxassisning Karlo Anchelotti o‘rnini egallashga imkoniyati madridliklar Chempionlar Ligasidan chiqib ketgandan keyin yanada oshdi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Chempionlar Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida “Yuventus” bilan 1:1 hisobida durrang natija qayd qilib, ikkita o‘yin natijasiga ko‘ra finalga chiqa olmadi.

Bundan tashqari, qirollik klubi Primera yakunlashiga ikki tur qolganda musobaqa yetakchisi “Barselona”dan 4 ochko ortda qolmoqda.

Avvalroq, germaniyalik murabbiy “Manchester Siti” yoki “Bavariya”ni boshqarishi mumkinligini aytilgan edi.

Top