19:33 / 14.05.2015
4726

Yelena Isinbayevaga mayor harbiy unvoni berildi

Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari jismoniy tayyorgarlik boshqarmasi katta inpektori, podpolkovnik Dmitriy Vinograd langarcho‘p bilan balandlikka sakrash bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni Yelena Isinbayevaga mayor harbiy unvoni berilganini ma'lum qildi. Bu haqda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq sportchi Rossiya Qurolli kuchlari bilan 5 yillik mehnat shartnomasini imzolagani va Markaziy armiya sport klubining yengil atletika bo‘yicha instruktori lavozimiga tayinlagani ma'lum qilingandi.

Ma'lumot uchun, 32 yoshli Isinbayeva ikki karra Olimpiya chempioni, 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori, uch karra jahon chempioni va yopiq arenalarda 4 karra jahon chempioni hisoblanadi.

Top