14:03 / 14.05.2015
1528

Filippindagi poyabzal zavodida yong‘in chiqishi natijasida 45 kishi halok bo‘ldi

Filippindagi Valensuela-Siti shahridagi oyoq kiyimlari ishlab chiqariladigan zavoddagi yong‘in qurbonlari soni 45 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Philippine Daily Inquarer gazetasi xabar bergan.

Shahar hokimiyatining matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, yana 26 kishi bedarak yo‘qolgan.

Top