02:34 / 14.05.2015
2508

Lyuk Besson “Valerian” nomli fantastik film suratga olmoqchi

Lyuk Besson o‘zining tvitterdagi birinchi xabarida “Valerian va Laurelin” fransuz ilmiy-fantastik komiksini ekranlashtirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar bermoqda.

Bosh rollarni Deyn De Xaan va Kara Delevin ijro etadigan ushbu film 2017 yilning yozida ekranlarga chiqariladi. Bessonning avvalgi filmi – bosh rolda Skarlett Yoxansson suratga tushgan “Lyusi” ekshn-trilleri 2014 yilda namoyishga chiqarilgan edi.

Yangi komiks film qahramonlari – Valerian va Laurelin ismli ikki nafar maxfiy agent vaqt va fazo bo‘ylab sayohat qilishadi. Per Kristin va Jan-Klod Mezer yaratgan ushbu komiksdagi voqealar uzoq kelajakda – 28 asrda ro‘y beradi.

Top