Jahon | 10:03 / 14.05.2015
3406
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uy oldida tomosha ko‘rsatgan agent iste'foga chiqadi

Mart oyining boshida Oq Uyda sodir bo‘lgan voqeaga aloqador AQSh Maxfiy xizmatining ko‘zga ko‘ringan xodimlaridan biri iste'fo beradi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 4 mart kuni Oq Uy panjaralari yaqinida shubhali paket tashlab ketilgan. Paket xavfsizlik xodimlari tomonidan tekshirilayotgan chog‘da ikki agent mashinada panjaraga kelib urilgan. Aniqlanishicha, ular mast bo‘lgan. Tekshiruv o‘tkazayotgan xavfsizlik xodimlari shirakayf hamkasblarini qo‘yib yuborib, bir haftadan so‘ng baribir rahbariyatni voqeadan xabardor qilgan. Ushbu voqeaga munosabat bildirar ekan, maxfiy xizmat rahbari Jozef Klensi uni “kurakda turmaydi” deb baholadi.
Telekanalda aytilishicha, xizmatda katta mansablardan birini egallagan agent Mark Konnolining iste'fo berishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish