17:29 / 14.05.2015
4948

O‘zbekistonlik dasturchi yangi brauzer yaratdi

Voice Interactive MChJ dasturchisi Temur Abduvaliyev VMAXX nomli yangi brauzer ishlab chiqdi.
Ima.uz resursining ma'lum qilishicha, ushbu brauzer Google Chrome asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tezkorligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi.
Brauzer yaratuvchisiga mualliflik huquqini tasdiqlovchi № DGU 03079 guvohnomasi berilgan.

Top