Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Xitoy, Hindiston va Belarus bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Rossiyaning quruqlikdagi qo‘shinlari 2015 yilning ikkinchi yarmida Xitoy, Hindiston, Mo‘g‘uliston, Belarus va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining boshqa davlatlari qo‘shinlari bilan birgalikda tinchlikparvar va aksilterror yo‘nalishidagi 5ta harbiy mashg‘ulot o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
“Harbiy boshqarma markaziy organlari bilan birgalikdagi shtab mashg‘uloti, mojaroli vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari, Quruqlikdagi qo‘shinlar bosh qo‘mondoni rahbarligida tinchlikparvar kuchlarni qo‘llash mashg‘ulotlarning yozgi davridagi qismida o‘tkaziladigan asosiy tadbirlar bo‘ladi”, deb aytilmoqda Rossiya Qurolli kuchlarini rivojlantirish bo‘yicha majlisda Vladimir Putin ixtiyorida bo‘lgan hujjatlarda.
Avvalroq 17-21 may kunlari O‘rta Yer dengizida Rossiya va Xitoy Harbiy-dengiz kuchlarining birgalikdagi mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ma'lum qilingandi.