Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Dushanbe aviayo‘nalishining ochilishi masalasi iyunda hal bo‘ladi
Joriy yilning iyun oyi oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiya yig‘ilishida Toshkent-Dushanbe aviareysining tashkil qilinishi masalasi ko‘rib chiqiladi.
“Vecherniy Dushanbe” gazetasida yozilishicha, ilgariroq matbuotda bu borada kelishuvga erishilmagani haqida tarqatilgan axborot haqiqatga mos kelmaydi. “Ayni paytda tomonlar bu masala bo‘yicha ma'lum kelishuvga erisha olgan”, - degan nashr muxbiriga nomi ma'lum qilinmagan amaldor.
Ma'lumki, 2015 yil yanvarida Tojikiston O‘zbekistonga ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi. Viza tartibini yengillashtirish, avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish, aviayo‘nalish ochish shular jumlasidandir.