Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Simferopol aeroportiga qrim tatar qahramoni Ahmadxon Sulton nomini berdi
Ukraina Oliy Radasi Simferopol Xalqaro aeroportiga ikki karra qahramon, afsonaviy uchuvchi Ahmadxon Sulton nomini berdi. Bu haqda “Krymskiye novosti” agentligi xabar bermoqda.
Ahmadxon Sulton (Ametxan Sultan) – qrim tatar xalqining qahramoni bo‘lib, urush yillari Reyxning 49ta samolyotini urib tushirgani bilan mashhur. Ikki karra SSSR Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
“Vatan qanotlari” (Vatan k'anatlary) aviatorlar tashabbuskor guruhi 5 yil davomida Simferopol Xalqaro aeroportiga uning nomini berish uchun kurashib keldi. O‘tgan yilning oxirida ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga murojaat qilishdi. Poroshenkoning tashabbusi bilan qaror muhokamasi Oliy Rada muhokamaga qo‘yildi. Qaror loyihasini 240 deputat ma'qulladi.