12:23 / 14.05.2015
2114

Xakerlar Starbucks'ning mobil dasturini ochishga muvaffaq bo‘lishdi

Xakerlar Starbucks qahvaxonalar tarmog‘ining to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan mobil dasturini buzib ochishdi, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.

Tovlamachilar foydalanuvchilarning akkauntlarini ochib, ularning hisoblaridan barcha pullarni yechib olmoqda. So‘ngra kredit va debet kartalar raqamlarini olish uchun avtomatik qayta yuklanish funksiyasidan foydalanishmoqda.

“Biz o‘z mijozlarimizning ma'lumotlarini himoyalash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmamizga olamiz va har qanday tovlamachilik faoliyatini to‘xtatishga harakat qilamiz. Mijozlarimizning xavfsizligi biz uchun juda muhim va biz bu muammolarni hal qilishga jiddiy qaraymiz”, deb izoh berib o‘tildi ushbu holat yuzasidan kompaniya matbuot xizmatida.

Avvalroq Starbucks kompyuterlaridagi buzilishlar sababli amerikaliklar tekinga qahva icha olganlari ma'lum qilingandi.

Top