09:46 / 14.05.2015
4864

Xalqaro valyuta jamg‘armasi: O‘zbekiston o‘zini xalqaro iqtisodiyot tahdidlaridan asrab qoldi

O‘zbekiston jahon bozorlaridagi murakkab sharoitlarda iqtisodiyotni yaxshi nazorat qilib bormoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining mamlakatdagi missiyasi yakunlariga ko‘ra hisobotda bayon qilindi.
Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti maslahatchisi Roja al-Marzuqiy boshchiligidagi missiya O‘zbekistonda 29 apreldan 12 mayga qadar XVJ kelishuvlari 4-moddasiga binoan konsultativ faoliyat yuritdi. Ushbu faoliyat yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyotiga umumiy baho berilgan hisobot e'lon qilindi.
“O‘zbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Rossiyada iqtisodiy faollikning susayishi, neft narxining tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi vaziyatning qiyinlashib borishi sharoitida barqarorlikni saqlab turmoqda”, – deb ta'kidlanadi hujjatda.
Ta'kidlanishicha, 2015 yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot hajmi 7.5 foizga oshgan. Inflyatsiya hisobot davrida 11 foizdan 9 foizga tushgan.
Hisobotda qayd qilinishicha, davlat investitsiyalari hajmining kattaligi va gaz eksportini Rossiyadan Xitoyga yo‘naltirish strategiyasi mamlakat iqtisodiyotini boshqa davlatlarda kuzatilayotgan sekinlashuvdan saqlab turmoqda.

Top