O‘zbekiston | 17:45 / 14.05.2015
1533
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftegaz”: 2019 yilda mahalliylashtirish hajmi 1 trln so‘mni tashkil qiladi

Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari 2019 yilda 1 trln 43 mln so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi vakili Shokir Fayzullayev bayonot berdi.

Uzbekistan Today gazetasida yozilishicha, 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida 32 loyiha amalga oshiriladi. Ular sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratiladi.
2015 yilda mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi 88 mlrd so‘mga teng. Bundan tashqari, 1 500 ish o‘rni tashkil qilinadi. O‘z navbatida, mahalliylashtirilgan mahsulot eksporti 20 mln dollardan 498 mln dollarga qadar o‘sadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish