Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:30 / 15.05.2015
1712
1 daqiqa o‘qiladi
2016 yilda Obama yana arab yetakchilari bilan uchrashadi
AQSh hukumati 2016 yilda Fors ko‘rfazi arab davlatlari rahbarlari bilan yana bir uchrashuv tashkillashtirmoqchi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Barak Obamaning aytishicha, keyingi yildagi uchrashuv bu safargisida ko‘tarilgan mavzularni rivojlantirishga bag‘ishlanadi. Ushbu uchrashuv qachon va qayerda tashkil etilishi haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Shuningdek, AQSh yetakchisi Kemp-Devidda Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha ochiq va samimiy muhokama bo‘lganligini ta'kidlab o‘tdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish