Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro viloyatining turistik brendini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi
Buxoro viloyat turistik salohiyatini dunyoga tanitish, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, hududda yagona turistik bredning shakllanishi bilan birga uni dunyoga keng targ‘ib qilish, tanlov doirasida tarixiy va madaniy meroslarni, O‘zbekistondagi mehmonnovozlikni o‘zida aks ettirgan brend yaratish bo‘yicha ko‘rik-tanlovi o‘tkazish maqsadida Buxoro viloyat hokimligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo‘limi tomonidan viloyatining turistik brendi (logo va shiori)ni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rik-tanlov e'lon qilinadi.
Bu ko‘rik-tanlov yangi, antiqa loyihalar takliflardan saralab olinadi va Buxoro viloyatining turistik brendi maqomiga ega bo‘ladi. G‘oyalar va loyihalar orasidan eng yaxshisi saralanadi. Mazkur ko‘rik-tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
Buxoro viloyatining turistik brendi (logo va shiori)ni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rik-tanlovining “Eng zo‘r turistik brend” hamda “Eng zo‘r turistik brend shiori” nominatsiyalari g‘oliblari tanlanadi.
Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish uchun “Eng zo‘r turistik brend” hamda “Eng zo‘r turistik brend shiori” nominatsiyalari bo‘yicha viloyat ishchi guruhi nomiga ariza yozish orqali amalga oshiriladi (ariza namunasi ilova qilinadi).
Buxoro viloyatining turistik brendi (logo va shiori)ni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rik-tanlovining “Eng zo‘r turistik brend” hamda “Eng zo‘r turistik brend shiori” nominatsiyalari g‘oliblari:
1-o‘rin 2ta nominatsiyalar bo‘yicha - 2ta noutbuk hamda g‘oliblikni tasdiqlovchi diplom;
2-o‘rin 2ta nominatsiyalar bo‘yicha - 2 ta planshet;
3-o‘rin 2 ta nominatsiyalar bo‘yicha - 2ta fotoapparat hamda g‘oliblikni tasdiqlovchi diplomlar bilan viloyat ishchi guruhi tomonidan taqdirlanadilar.
Tanlov natijalari viloyat ishchi guruhi tomonidan Hakamlar hay'ati qaroridan so‘ng viloyat teleradiokompaniyasi, barcha ommaviy axborot vositalari orqali hamda www.buxoro.uz, www.uzbektourism veb saytlarida e'lon qilinadi.
Tanlovda arizalarni topshirish ishtirokchining shaxsan o‘zi tomonidan amalga oshirilishi lozim. Tanlovda qatnashish huquqi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.
Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun quyidagi xujjatlarni taqdim etish lozim;
“Eng zo‘r turistik brend” nominatsiya bo‘yicha:
- ariza;
- rasm 3*4 (2 ta);
- tanlovda taqdim etilayotgan loyihaning qisqacha mazmuni;
- brendning logosi elektron ko‘rinishi (TIFF, PSD yoki JPG 1500 px.) formatida bo‘lishi;
“Eng zo‘r turistik brend shiori” nominatsiya bo‘yicha:
- ariza;
- rasm 3*4 (2 ta);
- tanlovda taqdim etilayotgan shiorning qisqacha mazmuni;
- brendning shiori ko‘pi bilan 2-4 so‘zlardan (masalan “Tarix bilan hamnafas bo‘l!”, “Boqiylik sari qadam” yoki “Hayratlanish rohati” kabi) tashkil qilishi, qisqa satrlarda keng ma'noli shiorlarni taqdim etish.
Ko‘rik-tanlovda arizalar 2015 yilning 15 apreldan 15 avgustga qadar “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro mintaqaviy bo‘limida qabul qilinadi.
Ko‘rik-tanlov 2015 yil 4-5 sentabr kunlarida Buxoro shahrida o‘tkaziladi.