08:57 / 15.05.2015
5232

Chilida devorga surat chizgani uchun ikki talaba o‘ldirildi

Chilining Valparaiso shahrida ikkita talaba devorga graffiti chizish chog‘ida o‘ldirib ketildi. Bu haqda France 24 xabar bermoqda.
Aytilishicha, biri 18, biri 24 yoshda bo‘lgan talabalar 22 yoshli yigit tomonidan o‘ldirilgan.
Valparaisoda talabalar Pinochet davridan qolgan ta'lim tizimini isloh qilishni talab qilib norozilik namoyishlari o‘tkazib kelmoqda. Mana shu namoyishlarda ishtirok etayotgan ikki talaba bir uyning devoriga siyosiy garffitilar chizib, plakatlar yopishtirgan. Buni ko‘rib qolgan mahalliy aholi vakillaridan biri talabalar bilan nizoga kirib, ularni o‘ldirib qo‘ygan.

Top