Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaka Messini daho, Ronalduni esa mukammal futbolchi deb atadi
AQSh chempionatida ishtirok etuvchi "Orlando Siti" klubining yarimhimoyachisi Kaka "Barselona" hujumchisi Lionel Messini "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslab ko‘rdi.
"Messi - daho. Krishtianu Ronaldu esa zamonaviy futbolning namunasi - ramzi. Yakunda eng yaxshi deb, jamoaviy natija va ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Aks holda "Oltin to‘p"ni ikkita qilish kerak bo‘ladi.
Menga Krishtianu Ronaldu juda yoqadi. Chunki u universal futbolchi, u ikki oyoq hamda bosh bilan bir xil darajada o‘ynaydi. U hamma narsani biladi.
Uni do‘st sifatida ham hurmat qilaman", - deydi Kaka.