Sport | 20:40 / 15.05.2015
2217
2 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronalduning 2015 yildagi o‘rtacha natijadorligi uchdan bir qismga tushib ketdi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2015 yilning birinchi yarmini o‘ziga xos bo‘lmagan past darajada o‘tkazmoqda.

Ayni paytda portugaliyalik o‘yinchi 2014/15 yillardagi mavsumda “Real” uchun barcha musobaqalarda jami 55 to‘p urdi. U bu to‘plardan 32 tasini 2014 yilda o‘tkazgan 25 ta o‘yinida, qolgan 23 ta to‘pini 2015 yilda o‘ynagan 27 ta o‘yinida kiritgan.

Shu tariqa Ronalduning o‘rtacha natijadorligi bir o‘yinga 1,28 ta to‘pdan joriy yildagi 0,8 ta to‘pgacha tushib ketgan.

Shu bilan birga Ronaldu “Real” safida jami 307 ta to‘p kiritib, “Real”ning afsonaviy o‘yinchisi Alfredo Di Stefanoga yetib oldi hamda “Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallamoqda. Bundan tashqari, u Chempionlar Ligasining to‘rtta mavsumida 10 ta va undan ko‘proq to‘p urgan birinchi o‘yinchiga aylandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish