Jahon | 18:25 / 15.05.2015
2065
1 daqiqa o‘qiladi

Latviyada NATOning radiolokatori o‘rnatildi

Latviyada havo hududini kuzatish uchun NATO havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga kiruvchi radiolokator o‘rnatildi.

Bu haqda Latviya milliy qurolli kuchlar qo‘mondoni Raymond Graube ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, radiolokator Latviyaning Ventspils shahri yaqinida o‘rnatilgan.

Ventspilsdan tashqari, Rezekn va Liyelvard shaharlarida ham radiolokatorlar o‘rnatilgan. Ushbu radiolokatorlar yordamida Latviya qurolli kuchlari butun davlat chegarasini kuzata oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish