13:43 / 15.05.2015
1867

O‘zbekiston TIVda Afg‘oniston elchisi qabul qilindi

2015 yilning 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom Respublikasininng Favqulodda va muxtor elchisi Mohammad Sadiq Daudzayni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, bo‘lajak ikki tomonlama siyosiy aloqalar hamda turli darajadagi boshqa uchrashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Afg‘oniston elchisining sermahsul faoliyati qayd etildi hamda davlatlararo aloqalarni kengaytirishga qo‘shgan hissasiga ijobiy baho berildi.
O‘z navbatida, Mohammad Sadiq Daudzay O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Top