Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari qotil yollaganlikda ayblanmoqda
2015 yilning aprelida Rossiya ichki ishlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasiga Kaliningrad shahrida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarosi Penza viloyatida yashab kelayotgan vatandoshini o‘ldirtirish uchun qotil yollagani haqida xabar kelib tushdi. Tekshiruv chog‘ida jinoyat tashkilotchilari aniqlanib, qo‘lga olindi.
Penza viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 29 yoshli o‘zbekistonlik erkak 26 yoshli dugonasi bilan qotil yollagan. Ular 42 yoshli boshqa bir O‘zbekiston fuqarosiga shaxsiy adovatlari borligi tufayli uni o‘ldirmoqchi bo‘lishgan. Bu maqsadda qotilga 250 ming rubl to‘lashga va'da berishgan.
Tezkor tadbir davomida qotil qo‘lga olindi, uning yonidan elektroshoker va to‘pponcha topildi. Shuningdek, buyurtmachilar ham qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.