13:11 / 15.05.2015
4988

Toshkentda tog‘dan nasha terib qaytayotgan yigitlar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi Rustam Rahimov Toshkent shahriga giyohvand modda olib kirishga harakat qilganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Rustam tog‘ yonbag‘rida aylanib yurib, suv ombori yaqinida yovvoyi nasha o‘simligini topib olgan. Undan terib, tosh ustida quritib, uyga olib borgan. Giyohvand moddaning bir qismini o‘zi chekkan, so‘ng toshkentlik do‘stlari bilan bo‘lishish uchun yo‘lga chiqqan.
U tanishining mashinasida Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX maskanidan o‘tayotganida xavotirga tusha boshlagan. Uning xatti-harakatlaridan shubhalangan nazoratchilar mashinadan tushirib, tintuv o‘tkazishgan. Natijada Rustam Rahimovning cho‘ntaklaridan 1.21 gr marixuana moddasi chiqqan.

Top