Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vizasiz chetga chiqish reytingida O‘zbekiston pasporti 64-o‘rinni egalladi
AQShning Arton Capital konsalting firmasi Xalqaro havo transport ma'lumotlari va boshqa manbalar asosida dunyodagi eng kuchli pasportlar ro‘yxatini ishlab chiqdi. Bunda ushbu pasport nechta davlatga vizasiz chiqish imkoniyatini berishi hisobga olindi.
O‘zbekiston reytingda 64-o‘rinni egalladi. Respublika pasportiga ega insonlar jahonning 53 mamlakatiga vizasiz chiqa oladi.
MDH davlatlarining natijalariga keladigan bo‘lsak, Rossiya 35, Qozog‘iston 53, Qirg‘iziston 63, Turkmaniston 70-o‘rinni egalladi.
Reytingda birinchi o‘rinni AQSh va Buyuk Britaniya pasportlari egalladi. Ushbu davlatlarning fuqarolari jahonning 147 davlatiga vizasiz chiqishi mumkin. Ikkinchi o‘rinni biryo‘la Fransiya, Janubiy Koreya va Germaniya bo‘lishib oldi. Ular 145 davlat bilan vizasiz rejimga ega.
Passport Power Rank yoki pasportlar kuchi reytingi Visa Free Score – vizasiz rejimni baholash asosida tuzilgan. Tadqiqot doirasida 199 davlat o‘rganib chiqildi.