Texnologiya | 10:11 / 15.05.2015
6688
2 daqiqa o‘qiladi

Windows 10 operatsion tizimi 10ta variantda taqdim qilinadi

Microsoft kompaniyasining rasmiy saytida yangi Windows 10 operatsion tizimining 10 xil ko‘rinishda chiqarilishi ma'lum qilindi.

Shu tariqa, Microsoft shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan operatsion tizimning Windows 10 Home deb nomlangan standart versiyasini chiqaradi. Ishlab chiqaruvchining aytishicha, bu versiya avvalgilarga juda o‘xshash bo‘ladi, biroq unda anchagina yangi dasturlar ham bo‘ladi: yangi brauzer, yuzni tanish funksiyasi va boshqa dasturlar.

Tadbirkorlar uchun Windows 10 Pro vaWindows 10 Enterprise versiyalari taqdim qilinadi. Operatsion tizimning bu variantlari ham kichik biznesni rivojlantirishda, ham katta tashkilotlarni boshqarishda birdek foydali bo‘ladi. Windows taklif qiladigan biznes uchun maxsus dastur xarajatlarni nazorat qilish hamda o‘z vaqtida Microsoft mahsulotlari uchun yangilashlarni olishga imkonini beradi.

Microsoft o‘zining Windows 10 operatsion tizimini yaratishda uni maktab va universitetlarda ta'lim jarayonini yaxshilash maqsadida qo‘llash imoniyatini ham unutmadi. Windos 10 Education nafaqat o‘quvchi va talabalarga, balki o‘qituvchilarga ham foydli bo‘ladi.

Shuningdek, operatsion tizimning Windows 10 Mobile, Windows 10 Mobile Enterprise, Windows 10 IoT Core va boshqa variantlari ham yaratildi.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, yana 5 yildan keyin bu ixtirodan Xalqaro fazoviy stansiyada ham samarali foydalanish mumkin bo‘ladi. Olimlar o‘zlarining yangi ishlanmalari eski texnologiyalarga a'lo darajadagi muqobil texnologiya bo‘lishi va dvigatellarni yaratishning qimmatbaho usullarining o‘rnini yengillik bilan bosa olishini ta'kidlashmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish