13:00 / 15.05.2015
2601

Yahudiy muxtor viloyatidagi yong‘inni o‘chirish chog‘ida 315 kg marixuana topildi

Rossiyadagi Yahudiy muxtor viloyatining Leninskiy qishlog‘ida 315 kg marixuana topildi.

Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chirish xizmati vakillari kerakli chora-tadbirlar ko‘rayotgan chog‘da marixuana partiyasini topib olishgan.
Giyohvand modda 33ta qopga solingan. Undan tashqari, 3.5 kg nasha yog‘i solingan suv idishlari topilgan. Xonadon egasi bu moddalar o‘ziga tegishliligini tan oldi.

Top