12:55 / 15.05.2015
4294

Jyeb Bush: Iroqqa hujum qilmagan bo‘lardim

Florida shtatining sobiq gubernatori, AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Jyeb Bush Temp shahri biznes jamoatchiligi oldidagi chiqishida Iroq masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
“Hozir biladigan narsamizni bilsak, nima qilgan bo‘lardik? Shaxsan men ixtilofga bormagan bo‘lardim. Iroqqa hujum qilmasdim”, – uning so‘zlarini keltiradi The Washington Post gazetasi.
Shu paytgacha Jyeb Bush Iroq masalasiga to‘xtalmaslikni ma'qul ko‘rardi. Buning boisi sifatida u 12 yillik urushlarda halok bo‘lgan askarlarning xotirasiga va ularning qarindoshlarining tuyg‘ulariga nisbatan noto‘g‘ri fikr aytishdan qo‘rqishini ko‘rsatgandi.

Top