Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:17 / 16.05.2015
2232
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh IShIDga qarshi kurash maqsadida Iroqqa qurol yetkazib berishni tezlashtiradi
AQSh Iroqqa IShID bilan kurashishda foydalaniladigan qurollarni yetkazib berish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi. Bu haqda Oq uydagi manbaga asoslanib, Reyter nashri xabar bergan.
"Iroq armiyasi uchun og‘ir qurollar, AT-4 raketa majmualari, o‘q-dori va o‘qotar qurollar yetkazib beriladi", deyiladi xabarda.
AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Iroq bosh vaziri al-Abdi bilan shu masala xususida muzokara o‘tkazgani aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish