Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShlik milliarder Uber’ning raqobatchisiga 100 mln dollar investitsiya kiritadi
Forbes’ning jahon milliarderlari ro‘yxatida hozirda 25-o‘rinni egallayotgan AQShlik investor Karl Aykan Uber’ning raqobatchisi – Lyft onlayn-xizmatiga 100 mln dollar investitsiya kiritadi, deb xabar bermoqda Mashable portali.
“Men bunday onlayn-xizmatlar bizning transport infratuzilmamizning asosi bo‘la oladi, deb hisoblayman. Men kelajak bunday kompaniyalarning qo‘lida va Lyft’da ham bu borada muvaffaqiyatga erishishga imkon bor, deb hisoblayman”, deb aytdi Aykan.
Lyft kompaniyasi 15 mayda joriy yilda umumiy investitsiyalar miqdori 150 mln dollarni tashkil qilganini ma'lum qildi. Kompaniyaning bozor narxi 2,5 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Avvalroq Uber taksi buyurtirish xizmati 2 mlrd dollarlik investitsiya jalb qilishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.