11:09 / 16.05.2015
1692

Koke "Atletiko"da qolishini ma'lum qildi

“Atletiko” klubi yarim himoyachisi Koke klubdan ketish niyati yo‘qligini ma'lum qildi.

““Atletiko”da o‘ynashimga ishonchim komil. Men keyingi mavsumda ham “Atletiko”da o‘ynayman”, - dedi 23 yoshli futbolchi.

Avvalroq, Kokega "PSJ", "Barselona" hamda "Chelsi"ning qiziqish bildirayotgani ma'lum bo‘lgan edi. 

Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi Primerada 32ta uchrashuv o‘tkazib, 2ta gol hamda 12ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning 30 iyuniga qadar belgilangan. 

Top