Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lui van Gal "MYu" mavsum arafasida qo‘yilgan maqsadga erishganini ma'lum qildi
"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumani vaqtida joriy mavsum arafasida jamoa oldiga qo‘yilgan vazifa bajarilganini ta'kidlab o‘tdi.
"Jamoa rahbariyati bizga mavsum oldidan keyingi mavsumda YeChLda qatnashish uchun yo‘llanma beradigan o‘rinlardan birini qo‘lga kiritishni vazifa sifatida belgilagan edi. Biz bu vazifani chempionat yakunlanishiga 4 tur qolganida amalga oshirib bo‘ldik. Menimcha, bu yomon natija emas", deydi gollandiyalik mutaxassis.
U o‘z shogirdlarining mavsum davomida namoyish etgan o‘yinlaridan to‘la ravishda qoniqish hosil qilganini ma'lum qildi.
"Bizda mavsumning birinchi yarmida jarohatlar ko‘p bo‘ldi. Ba'zi o‘yinlarda 10 nafar futbolchi jarohat tufayli mayodnga tusha olmasligi holatlari kuzatildi, bu esa albatta o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga xalal berardi", deb fikr bildirib o‘tdi van Gal.