Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lui van Gal "MYu"da De Xeaning o‘rnini bosa oladigan darvozbonlar borligini aytdi
"Manchester Yunayted" jamoasining bosh murabbiyi Lui van Gal jamoaning asosiy darvozaboni De Xea bilan bog‘liq vaziyat haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bizda yetarlicha miqdordagi darvozabon bor. Ulardan har qaysisi De Xeani almashtira olishadi. Lekin uni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni ham istamayman. Umid qilamanki, u bilan yangi shartnoma imzolaymiz", deydi murabbiy.
Uning aytishicha, shu masala xususida o‘tkaziladigan uch tomonlama muzokara vaqtida futbolchining qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ma'lum bo‘lishicha, ispaniyalik darvozabon hozircha shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti.
Xabarlarga ko‘ra, "Real" jamoasi ushbu darvozabonni o‘z tarkibiga jalb qilmoqchi. "MYu" esa uni transfer qiladigan bo‘lsa, "Tottenhem" darvozaboni Ugo Lorisni sotib olishi mumkin.