Sport | 13:56 / 16.05.2015
1944
1 daqiqa o‘qiladi

Marca: “Real” De Xea bilan tuziladigan shartnoma shartlarini kelishib oldi

“Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xea Madridning “Real” klubi safiga o‘tishiga yaqin turibdi.

Marca nashri bergan ma'lumotlarga ko‘ra, qirollik klubi o‘yinchi bilan uning shaxsiy shartnomasi shartlari – maosh va kelishuvning amal qilish muddatini kelishib oldi.

Endi madridliklar ingliz jamoasi bilan 24 yoshli darvozabonning transfer bahosini kelishib olishlari kerak bo‘ladi.

“Real” prezidenti Florentino Peres va uning maslahatchilari De Xeaning klubga taklif etilishini mavsumlar o‘rtasidagi ustuvor kelishuvlardan bo‘ladi, deb hisoblashmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish