O‘zbekiston | 12:33 / 16.05.2015
1868
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi Belgiyaga tashrif uyushtiradi

2015 yilning 17-20 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahriga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturiga ko‘ra “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” Hamkorligi kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish, YeIda raislik qilayotgan Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs, Belgiya tashqi ishlar vaziri Didie Reynders hamda boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish