Sport | 18:09 / 16.05.2015
2592
1 daqiqa o‘qiladi

Sadio Mane APL tarixidagi eng tezkor xet-trikka mualiflik qildi

16 may kuni APLda 37-tur o‘yinlari o‘tkazildi. "Sautgempton" va "Aston Villa" bahsida mezbonlarning 23 yoshli yarimhimoyachisi senegallik Sadio Mane 3ta gol urish uchun 2 daqiqayu 56 sekund sarfladi. Shu tariqa u APL tarixidagi eng tezkor xet-trikni qayd etdi.

Mane o‘z gollarini o‘yinning 13, 14 va 16-daqiqalarida urdi. O‘yinda mezbonlar 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

U joriy mavsumda shu vaqtgacha "Sautgempton" jamoasi safida 29 marta maydonga tushgan va 11ta gol urib, 4ta golli uzatma amalga oshirgandi.

 

Video opublikovano Kun.uz (@kun.uz)May 16 2015 v 7:57 PDT

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish