O‘zbekiston | 06:23 / 16.05.2015
1966
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Berlin giyohvandlikka qarshi kurashish sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Germaniya giyohvand moddalarni noqonuniy aylantirishga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qilishni nazarda tutuvchi kelishuvni imzoladi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Giyohvand moddalarni tarqatishga qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari: milliy va xorijiy tajriba” xalqaro anjumani davomida giyohvand moddalarni noqonuniy aylantirishga qarshi kurashish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, giyohvandlikning oldini olish uchun birgalikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Vazirlir Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy axborot-tahlil markazi va K.Adenauer nomidagi jamg‘arma vakolatxonasi bilan hamkorlik qilish haqidagi kelishuv imzolandi. Bu kelishuv giyohvand moddalarni noqonuniy aylantirishga qarshi kurashish sohasida seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish hamda bu sohada xalqaro tajribadan unumli foydalanishga imkon beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish