Sport | 20:23 / 16.05.2015
2878
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin Tungi xokkey ligasining gala-uchrashuvida 8ta shayba kiritdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida bo‘lib o‘tayotgan Tungi xokkey ligasi festivali doirasida 16 mayda o‘tkazilgan gala-uchrashuvga tashrif buyurdi. Gala-uchrashuv 9 maydan 16 maygacha o‘tkazilgan xokkey bo‘yicha havaskor jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan IV Butunrossiya festivali finalining yakunlovchi o‘yini bo‘ldi.

Putin an'analarga o‘zgartirish kiritgan holda, “Yulduzlar” jamoasi safida muzga tushdi. Putindan tashqari, ushbu jamoa safida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham o‘ynadi.

Vladimir Putin o‘yindagi birinchi shaybani kiritib, hisobni ochdi. Umumiy hisobda Putin 8ta shayba kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ma'lumot uchun, Tungi xokkey ligasi 2011 yilda o‘sha paytda Rossiya bosh vaziri lavozimini egallagan Putin hamda sobiq ittifoq va Rossiya xokkeyining nomdor faxriylari tashabbusi bilan yaratilgan edi. Dastlab bu liga ishdan keyin xokkey o‘ynovchi 40 yoshdan katta bo‘lgan havaskor sportchilarning uyushmasi sifatida tuzilgan edi. Hozirda esa ligadagi ishtirokchilar yoshi va tarkibi anchagina kengayib, unda ayollar va yoshlar jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish