Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Hindiston o‘rtasida iqtisodiy sohada 22 mlrd dollarlik bitimlar imzolandi
Xitoy va Hindiston tomoni jami 22 mlrd dollarlik iqtisodiy bitimlar imzoladi. Bu haqda Agence France Press xabar bermoqda.
Bu bitimlar Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Xitoyga tashrifi davomida imzolangan.
The Times of India nashrida ma'lum qilinishicha, portlar qurish va dengizchilik infrastrukturasini yaxshilash, energetika, iqtisodiy hududlar barpo etish kabi sohalar bo‘yicha 24ta kelishuv hujjati imzolangan.
Hindiston bosh vaziri Xitoy rahbari Si Tsizinpin hamda bosh vazir Li Ketsyan bilan uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning turli masalalarini muhokama qilgan.