Marte shahri strategik aholi punkti bo‘lib, u 3ta davlat – Nigeriya, Kamerun va Chad bilan chegaradosh hamda ushbu hududdan muhim savdo yo‘li o‘tadi.
Ushbu shahar 2013 yilda terrorchilar qo‘lidan hukumat nazoratiga o‘tgan edi.
Yil boshidan buyon Nigeriya hukumat qo‘shinlari ekstremistlarga tegishli bir necha harbiy bazalarni yo‘q qilishga erishgan. Natijada “Boko Haram” imkoniyati ancha kamaygan. Shunga qaramay, terrorchilar so‘nggi vaqtlarda muvaffaqiyatli natijalarga erishmoqda.