Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 15:50 / 17.05.2015
1844
1 daqiqa o‘qiladi
“Manchester Yunayted” yozda Myullerni xarid qilish bo‘yicha “Bavariyaga” taklif bildirmoqchi
Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Tomas Myullerga qiziqish bildirmoqda.
“MYu” yozda myunxenliklarga 25 yoshli futbolchini xarid qilish bo‘yicha taklif bildirmoqchi.
Mankunianliklarning bosh murabbiyi Lui van Gal “Bavariya”dagi 2009-2011 yillardagi faoliyatidan Myullerni yaxshi biladi.
Myullerning transferi “Yunayted”ga taxminan 30-40 mln funtga aylanishi mumkin.
Shuningdek, klub agar David De Xea bilan xayrlashsa, uning o‘rniga “Chelsi” darvozaboni Petr Chexni taklif qilmoqchi.