Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
18 may kuni Moskvada Suriya bo‘yicha Rossiya-AQSh maslahatlashuvi bo‘lib o‘tadi
AQShning Suriya masalasi bo‘yicha maxsus vakili Devid Rubinstayn Suriya bo‘yicha Rossiya-AQSh ixtisoslashgan ekspert maslahatlashuvida ishtirok etish uchun Moskva shahriga boradi.
TASS agentligining ma'lum qilishicha, bu haqda Amerikaning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonasi press-attashesi Uill Stivens xabar bergan.
"Haqiqatdan ham, Rubinstayn kunning ikkinchi yarmida Moskvaga tashrif buyuradi", — dedi u.
Avvalroq Rossiya prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov Moskva Suriyadagi tomonlar muzokaralar olib borishi uchun maxsus maydonchani taqdim etishga tayyorligini ma'lum qilgan edi.