Jahon | 07:16 / 17.05.2015
3620
2 daqiqa o‘qiladi

8 yil oldin yo‘qolgan 13 yoshli Alondra Dias DNK tahlili yordamida Doroteya Garsianing qizi ekani tasdiqlandi

AQShning Texas shtatida yashovchi Doroteya Garsia ism-familiyali ayol o‘zining yo‘qolib qolgan qizini 8 yil o‘tib, Meksikada topdi. Ayolning sobiq eri – qizning otasi qizni onasi bilan qoldirish haqidagi sud qaroriga qaramasdan, 8 yil avval qizni o‘zi bilan Meksikaga olib ketib qolgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Ayol bir necha yillar davomida qizining ortga qaytarilishi uchun ko‘p bor uringan va oxir-oqibat Interpolga murojaat qilgan.

O‘tgan dushanbada Alondra Meksikaning Michoakan shtatiga o‘zining buvisi va ammasi bilan birga kelgan va onasi bilan ko‘rishishni istayotgani aytgan. Jurnalistlar bilan intervyu paytida qiz otasi bilan baxtli ekanligini, biroq unga onasining mehri yetishmayotganligini, uni juda sog‘inganini aytgan.

DNK tahlili yordamida 13 yoshli Alondra Dias haqiqatda Doroteya Garsianing qizi ekanligi tasdiqlandi.

Aprelda boshqa bir meksikalik 14 yoshli Alondra Lunu Nunes ismli qiz Doroteya Garsianing qizi deb yanglish tan olinib, uning ota-onasining bu xato ekanligini aytishlariga qaramasdan, Interpolning orderiga muvofiq AQShga olib kelingan.

Doroteya Garsiya bu qiz uning qizi bilan bir xil yoshda, ismi bir xil ekanligi hamda yuzida qizinikiga o‘xshash tirtig‘i bo‘lgani uchun uni o‘zining qizi ekanligini ta'kidlagan.

“U qizning qoshi atrofida tirtig‘i bo‘lgan, meniki esa burnimda joylashgan” deb aytgan yanglish olib kelingan Alondra Luna Nunes. Natijada Xyustonda DNK tahlili o‘tkazilib, qiz va uning oilasining haqligi isbotlagan. Natijada qiz o‘z vataniga qaytarilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish