Jahon | 10:23 / 17.05.2015
1933
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston poytaxtidagi aeroportda minalashtirilgan avtomobil portladi

Minalashtirilgan avtomobil Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida joylashgan aeroport yaqinida portlatilgan. Hodisa qurbonlari to‘g‘risida ma'lumotlar berilmagan.
Politsiya matbuot kotibi Ebadulla Karimining Reyter agentligiga bergan xabariga ko‘ra, xudkush-terrorist avtomobilni Qobul aeroporti yaqinida joylashgan NATOning harbiy obekti tomon harakatlantirgan. Ayni paytda voqea joyi politsiyachilar tomonidan o‘rab olingan.
Hozircha hech qaysi guruh terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish