13:13 / 17.05.2015
1718

Anxel Di Mariya bu yili uncha yaxshi o‘yin ko‘rsata olmagani tan oldi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarimhimoyachisi Anxel di Mariya Angliya premer-ligasidagi ilk mavsumida o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatolmaganini tan oldi.

“Mening Angliyadagi birinchi yilimdan ko‘nglim to‘lmadi. Men bu yerga “Real”dan unvonlar yutishga o‘tgan edim va bu mavsum men uchun omadsiz kechdi. Men bundan juda ham afsusdaman.

Angliyalik muxlislar haqiqiy Di Mariyani hali ko‘rishmagan. Men hozirgidan yuqoriroq darajada o‘ynay olishimni bilaman. Bu yili men uncha yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadim.

Ingliz futboliga moslashish oson bo‘lmadi. Menga xorijlik o‘yinchi uchun APLda birinchi yil qiyin kechadi, deb aytishardi va bu haqiqatda shunday ekan. Biroq men bu yerga bir yilga kelganim yo‘q va bu buyuk jamoa tarixining bir qismiga aylanishni istayman. Jamoam juda fantastik darajadagi muxlislar va stadionga ega jamoa.

Mening orzuim hanuz o‘sha-o‘sha – “Manchester Yunayted” bilan Premer-liga va Chempionlar Ligasini yutishdir. Bizning jamoadan Ispaniyada “Real” va “Barselona” kabi doimo chempionlik uchun kurashish talab qilinadi.

Keyingi mavsumda bizlar kattaroq natijalarga erishishni xohlamoqdamiz. O‘ylashimcha, biz o‘z maqsadimizga erishamiz”, – deb aytib o‘tdi Di Mariya.

Top