Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: "Rosneft" Braziliyadagi ikkita neft koniga ega bo‘ldi
"Rosneft" kompaniyasi Braziliyada neft va gaz qazib chiqarish bilan shug‘ullanishni boshlaydi. Kompaniya yaqin kunlarda ikkita geologqidiruv hududidan foydalanish bo‘yicha 100 foizlik ulushni qo‘lga kiritadi. Bloomberg agentligidagi ma'lumotlarga qaraganda, har ikki kelishuv 55 million dollarga baholanmoqda.
Tasdiqlanishicha, "Rosneft"ga Solimoyns daryosi (Amazonka irmog‘i) havzasidagi neft va gaz qidirish ishlari amalga oshirilayotgan ikkita hudud ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish huquqi beriladi.
Taxminlarga ko‘ra, shartnoma to‘g‘risida dushanba kuni rasman axborot beriladi. Faqatgina "Bu maqbul kelishuv", — dedi agentlik bilan shartnoma tafsilotlari to‘g‘risida muhokama qilishni istamagan "Rosneft" rahbari Igor Sechin.
Qayd etish joizki, Rossiya Braziliyaning mazkur hududida birinchi marotaba neft qazib olayotgani yo‘q. O‘z vaqtida TNK-VR (keyinchalik "Rosneft" egalik qilgan) kompaniyasi Solimoyns havzasida 1 milliard dollar evaziga 21ta blokning 45 foizlik ulushiga egalik qilgan.