15:03 / 17.05.2015
2111

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekistan terma jamoasi Osiyo chempionatida munosib ishtirok etdi

Quvaytda bo‘lib o‘tgan dzyudo bo‘yicha 2015 yilgi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etdi. Dzyudochilarmiz shaxsiy hisobda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishgani bilan birga 15 mayda o‘tkazilgan “devorga devor” bahsida kumush medalni ham qo‘lga kiritdi.

Nomdor dzyudochilarmiz Sharofiddin Lutfullayev, Rishod Sobirov, Yaxyo Imomov, Boltaboy Boltabayev, Sherali Jo‘rayev va Abdulla Tangriyev faqatgina Yaponiya termasiga imkoniyatni boy berdi. 3-o‘rinni esa Janubiy Koreya va Qozog‘iston terma jamoalari o‘zaro baham ko‘rdi. Sportchilarmiz 16 may kuni O‘zbekistonga qaytib keldilar va katt tantana bilan kutib olindi.

Top