Jahon | 11:43 / 17.05.2015
1409
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada poyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Germaniyaning Ibbenbyuren shahrida temiryo‘l kesishmasida poyezd va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ushbu yo‘l-transport hodisasida yana 20 kishi jarohat oldi. Ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, poyezdda odam ko‘p bo‘lib, deyarli bo‘sh joy bo‘lmagan. Yuk mashinasi haydovchisiga hech narsa qilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish