Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:23 / 17.05.2015
7481
1 daqiqa o‘qiladi
IShID jangarilari Ramadida qo‘lga olingan 500 dan ortiq kishini qatl etdi
Iroq hukumati IShID tomonidan Ramadi shahrida qo‘lga olingan 500 ga yaqin kishining qatl etilganini ma'lum qildi.
“Kecha kechki payt jangarilar Ramadi shahrining muhim qismini egallab olib, 503 nafar mahalliy aholi vakilini qatl etdi. Qurbonlardan yarmidan ko‘pini ayollar va bolalar tashkil etadi”, deb aytdi Al-Anbar viloyati hokimi o‘rinbosari Falah Al-Asaviy.
Ramadi Bog‘doddan 118 km uzoqlikda joylashgan. Koalitsiya kuchlari shaharni jangarilardan ozod etish bo‘yicha operatsiyani boshladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish