19:51 / 17.05.2015
1937

Mariya Sharapova Rimda Ayollar tennis assotsiatsiyasi musobaqasida g‘olib bo‘ldi

28 yoshli Mariya Sharapova ispaniyalik tennischi Karla Suares-Navarroni Rimda o‘tkazilgan musobaqaning finalida 4:6, 7:5, 6:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 2,4 mln dollardan ko‘proqni tashkil qilgan.

Sharapova Rimdagi bu musobaqaning 3 karra g‘olibi bo‘ldi. Ushbu g‘alaba Mariyaning faoliyatidagi 35-chi va joriy yildagi 2-chi g‘alabasi bo‘ldi. Mariya ushbu g‘alabasidan keyin ayol tennischilar jahon reytingida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Top