Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda terrorchilik hujumlarini uyushtirishga aloqador bo‘lgan 6 nafar jangari qatl etildi
Misrda terrorchilik hujumlarini uyushtirishga aloqador bo‘lgan 6 nafar jangari qatl etildi. Misr Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, jangarilarning barchasi Sinay yarimorolida faoliyat yuritgan “Ansor Bayt al-Makdis” ekstremistik guruhining a'zolari bo‘lgan.
Al Vatan nashrining xabar berishicha, jangarilar huquq-tartibot muassasalari xodimlariga hamda Misr Qurolli kuchlari obektlariga hujum qilinganlikda aybdor deb topilib, harbiy tribunal tomonidan o‘lim jazosiga mahkum qilingan edilar. Oliy harbiy apellyatsion sudi jangarilarning appelyatsion shikoyatini rad etgan va hukmni o‘z o‘z kuchida qoldirgan edi.