Jahon | 12:07 / 17.05.2015
2492
1 daqiqa o‘qiladi

Polonskiy himoyasi uchun Kambodjaga kelgan rossiyalik advokat qo‘lga olindi

Kechagina tadbirkor Polonskiyni himoya qilish maqsadida Kambodjaga kelgan rossiyalik advokat hukumat tomonidan qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Bu haqda Polonskiyning shaxsiy advokati Slavik Bryusoyan ma'lum qilgan.
"Kecha uning oldiga advokat keldi, ruxsatnoma olib Polonskiy saqlanayotgan migratsion qamoqxonaga bordi, ammo unga Polonskiy bilan dushanbadan avvalroq uchrashishning iloji yo‘qligini xabar qilishdi. Kechga yaqin esa uni hibsga olishdi. Uning qamoqqa olinish sababi bizga ma'lum emas", ‑ deydi himoyachi.
Brsoyanning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxs uning advokatlik idorasidagi hamkasbi hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda, u Polonskiy bugun 17 may kuni Moskvaga yetkazilishini tasdiqladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish