18:47 / 17.05.2015
1883

Sankt-Peterburning “Zenit” jamoasi muddatidan avval Rossiya chempioni bo‘ldi

17 mayda, Rossiya chempionatining tugallanishiga ikki tur qolganda “Zenit” futbolchilari muddatidan avval Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

“Zenit” chempionatning 28-turi doirasida “Ufa”ga qarshi kechgan o‘yinda 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.

O‘yinning 32-daqiqasida peterburgliklar hujumchisi Xalk raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. “Ufa” tarkibida Xaris Xanjich 87-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Endi “Zenit” uni taqib qilib kelayotgan “TsSKA” va “Krasnodar”dan yetib bo‘lmaydigan darajada o‘zib ketdi.

Shu tariqa, “Zenit” 4 karra Rossiya chempioniga aylandi: jamoa 2007, 2010, 2011/12, 2014/15 yillardagi mavsumlarda bu unvonni qo‘lga kiritgan. 1984 yilda esa Sobiq ittifoqning chempioni bo‘lgan.

Top